
Beylga yana xaridor chiqdi
Tootmercato nashrining ma’lum qilishicha, Garet Beyl yana Angliya premer-ligasiga qaytishi kutilmoqda.
“Real”vingeriga “Tottenxem” xaridor bo‘lyapti. Aslida uelslik futbolchi 2007-2013 yillar davomida “Tottenxem”dagi fantastik o‘yinlari bilan jahon futbolida nom qozongan. Garet Madrid klubini Zinedin Zidan boshqargan davrda ishlari yurishmay, o‘tgan mavsumda ham “Tottenxem”da ijarada o‘ynadi.
“Tottenxem”ni qabul qilib olgan Atonio Konte tajribali futbolchi jamoani kuchaytirishiga ishonmoqda. Italiyalik murabbiy Beyl eng kuchli xususiyatlarini qayta ishga solishga tayyor.
Beyl Karlo Anchelotti boshqaruvida ham “Real”ning asosiy tarkibiga kira olmayapti. U atigi uchta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi xolos.
Fikrlar