
Beyl va Remzi Uels terma jamoasiga chaqirildi
Uels terma jamoasi Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Slovakiya hamda Xorvatiya terma jamoalariga qarshi o‘yinlar uchun tarkibni e’lon qildi.
Darvozabonlar: Ueyn Xennessi, Denni Uord, Adam Devis.
Himoyachilar: Kris Ganter, Eshli Uilyams, Ben Devis, Nil Teylor, Konnor Roberts, Itan Ampadu, Kris Mefam, Tom Loker, Jo Rodon.
Yarim himoyachilar: Aaron Remzi, Jo Allen, Jonatan Uilyams, Xarri Uilson, Mettyu Smit, Deniel Jeyms, Uill Uolks, Jozeff Morrell, Garet Beyl, Tom Lourens.
Hujumchilar: Sem Vouks, Tayler Roberts, Rabbi Matondo, Kiffer Mur.
Ma’lumot uchun, uelsliklar dastlab 10 oktyabr kuni Slovakiyaga qarshi, so‘ngra 13 oktyabr kuni Xorvatiyaga qarshi bahs olib borishadi.
Fikrlar