Beyl "Tottenxem"ga qaytgach nimalar dedi?

  • 20 sentabr, 2020, 11:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Uelslik vinger Garet Beyl yana "Tottenxem"ga qaytgani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Men uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan klubga qaytish ajoyib bo‘ldi, bu erda men nom chiqarganman. Ajoyib jamoa, ajoyib muxlislar. Jismoniy holatimni tiklashga va klubga sovrinlar yutishda yordam berishga harakat qilaman. “Real”dan ketgach, albatta “Tottenxem”ga qaytish haqida ko‘p o‘ylardim va bu imkoniyat o‘z vaqtida berildi. Men g‘alabalarga ochman va o‘yinlarni orziqib kutyapman.

“Real”da o‘ynab, g‘oliblik hissini tuydim va men sovrinlarni qanday yutish kerakligini bilaman. Ushbu tajribamni “Tottenxem” futbolchilariga etkazaman va bu ularning sovrinlar yutishimizga bo‘lgan ishonchini oshiradi, degan umiddaman”, - deydi Beyl.

31 yoshli Beyl 2007-2013 yillarda “Tottenxem”da to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!