
Beyl "Tottenxem"ga qaytadi. Agar...
"Real" Madrid klubi vingeri Garet Beyl yozgi transferlar davrida "Tottenxem"ga qaytishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra agar “Real” va MYuning qiziqishlariga sabab bo‘layotgan hujumchi Xarri Keyn jamoadan ketsa, uelslik futbolchi Londonga qaytadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” Beylni tekinga bo‘lsa ham qo‘yib yuborishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Garet Beyl 2007-2013 yillarda “Tottenxem” sharafini himoya qilgan va shundan so‘ng 101 mln evro evaziga "Real"ga ko‘chib o‘tgan.
Fikrlar