Beyl “Real”dan hurmat bilan ket!

  • 30 yanvar, 2022, 14:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mashhur futbolchi Garet Beylning oilasidagilar uning “Real”dan hurmat bilan ketishini talab qilmoqda.

Tecno

Uelslik hujumchining madridliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida o‘z nihoyasiga etadi. Uning oilasidagilar va do‘stlari “Qirollik klubi”dagi faoliyatini oddiy o‘yinchilar qatorida yakunlamasligini so‘ramoqda.

Beylning yaqinlari u ispan grandi tarkibida barcha yutuqlarni qo‘lga kiritgan mashhur yulduz sifatida xayrlashishi kerakligini uqtirmoqda. Garetning o‘zi mavsum oxirida faoliyatini butunlay yakunlashni rejalashtirayotganini aytgan. Bu ko‘p jihatdan Uels terma jamoasining Qatardagi jahon chempionatiga chiqishi bilan bog‘liq.

Agar terma jamoa mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, Garet o‘ziga yangi jamoa topadi va to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etish uchun formasini ushlab turadi.

Bir paytlar eng qimmatbaho yulduzlardan bo‘lgan Garet Beyl joriy mavsumda atishi uch bor maydonga tushdi va bitta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!