
Beyl qachon maydonga qaytadi?
"Real" Madrid yarim himoyachisi Garet Beyl jiddiy jarohati tufayli jamoasining kelgusi uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi.
Xabaringiz bor, o‘tgan hafta Beyl o‘ng oyog‘i paylarini shikastlab olgandi. Yaqinda o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng uning tez orada tiklana olmasligi ma’lum bo‘ldi. Shuning uchun Beyl «Selta» va «Inter»ga qarshi bahslarni o‘tkazib yuboradi.
AS bergan ma’lumotlarga ko‘ra uelslik futbolchi kamida 8 hafta mobaynida mashg‘ulotlarga qayta olmaydi. Shu tariqa Beyl Chempionlar Ligasi doirasidagi «Shaxtyor» bilan bahsgacha (3 noyabr) tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda.
Ma’lumot uchun, Beyl joriy mavsum La Liga doirasida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar