
Beyl MLSdagi debyuti haqida gapirdi
Uelslik hujumchi Garet Beyl MLSdagi debyuti haqida gapirdi.
“Bu shunchaki ajoyib edi. Ilk daqiqalardanoq atmosferani his qildim. Butun o‘yin davomida jamoadoshlarimga yordam berish uchun maydonga tushishni xohlardim. Ammo men o‘zimning qanday holatda ekanligimni tushunishim ham muhim edi", - dedi Beyl Kaliforniya klubi matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Beyl bugun bo‘lib o‘tgan "Neshvill" klubiga qarshi bahsni zaxira o‘rindig‘ida boshladi va 72-daqiqada maydonga tushirildi. Bu o‘yinda "Los-Anjeles" 1:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli futbolchi "Los-Anjeles" klubi bilan «1+1» ko‘rinishida shartnoma imzolagan. Garet "Real"ni erkin agent sifatida tark etgan edi.
Fikrlar