
Beyl ikki yil o‘tib La Ligada yana gol urdi
La Liga 2-turi doirasida "Real" "Levante" maydonida mehmon bo‘lib, jangovar 3:3 hisobida durang o‘ynadi.
Uchrashuvning 5-daqiqasida Karim Benzemaning uzatmasidan so‘ng Garet Beyl madridliklarni oldinga olib chiqdi. Uelslik futbolchi o‘tgan yilning 22 yanvaridan buyon ilk marta "qirollik klubi" safida gol urdi. O‘shanda yarim himoyachi Ispaniya kubogidan o‘rin olgan "Unionistas Salamanka" darvozasini ishg‘ol qilgandi.
Ispaniya chempionatida Beyl ikki yildan buyon gol urmay kelayotgandi. Bugungi o‘yindan avval futbolchi so‘nggi bor La Ligada 2019 yil "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda dublga erishgandi.
Ma’lumot uchun, "Real" 2-turdan so‘ng 4 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar