
"Betis" safardan g‘alaba bilan qaytdi (video)
UEFA Evropa ligasi “G” guruhining 2-turida “Betis” safarda “Ferentsvarosh”ga qarshi bahs olib bordi.
O‘yin gollarga boy kechdi. Ammo yakunda 1:3 hisobida ispan klubining qo‘li baland keldi. “Betis”ga g‘alaba keltirgan gollarga Nabil Fekir (17'), Genri Uingo (76' avtogol) va Kristian Telo (90+5') mualliflik qildi. Mezbon jamoaning javob golini Myurto Uzuni (44') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar