
Besh kundan so‘ng o‘zbekistonlik bokschi WBC kamari uchun jang qiladi
Professional boksning birinchi o‘rta vazn toifasida (69, 853 kg) jang o‘tkazib kelayotgan Ravshan Maxammatjonov (10-0,7 KO) yoshlar o‘rtasidagi WBC jahon chempionlik kamari uchun ukrainalik Vladimir Gordienkoga (8-1,3 KO) qarshi ringga chiqishi haqida ma’lum qilgan edik.
Mazkur jang munosabati bilan bokschimiz hamda uning murabbiyi Zufar Sulaymonov Moskva shahriga yo‘l oldi.
Hamyurtimiz va ukrain bokschisining qarama-qarshiligi 4 sentyabr kuni Moskva shahrida "Shamo Boxing Promotions" tomonidan tashkil etiladigan boks kechasida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar