Benzemani final qiziqtirmaydi

  • 17 dekabr, 2022, 13:05
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema Argentinaga qarshi JCh-2022 finalida maydonga tushishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Tecno

34 yoshli frantsiyalik futbolchi turnirdan oldin jarohat olgan edi, biroq tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra uning finalda maydonga tusha olishi aytilgan. Shunga qaramay Karim hal qiluvchi bahsda o‘ynagisi kelmayotganini yashirib o‘tirmadi.

"Menga qiziq emas", - deb yozdi Benzema ijtimoiy tarmoqda. U buni o‘ychan nigohi aks etgan suratiga muhrladi. Avvalroq "Real" hujumchisining Desham bilan adovati borligi haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot uchun, Frantsiya jahon chempionati finalida Argentinaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 18 dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Boshlanish vaqti - 20:00.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!