Benzemaga taklif tushdi. Karimning javobi qanday?

  • 11 oktabr, 2022, 07:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati keyingi yillarda jamoaning asosiy to‘purariga aylanib qolgan Karim Benzemaga yangi bitim tuzishni taklif qildi.

Tecno

Frantsiyalik hujumchining hozirgi kelishuvi mavsum oxirida yakunlanadi. Madridliklar 34 yoshli futbolchini 2024 yilning yarmigacha olib qolmoqchi.

Aslida “Real” o‘tgan yozda Kilian Mbappe transfer qilib, uni bir yil davomida Karim bilan birga o‘ynatib, keyin Benzemaga javob berib yubormoqchi edi. Karim ham o‘rnini hamyurtiga bo‘shatib berishga rozi bo‘lgan.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Benzema klubning taklifini qabul qilgan va faoliyatini 2009 yildan beri o‘ynab kelayotgan jamoada davom ettiravedigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!