Benzemaga Evropadan superklub topildi

  • 12 yanvar, 2024, 10:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Al-Ittihod” hujumchisi Karim Benzema Sauliya Arabistonidan Evropaga qaytish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar tarqatilgan edi.

Tecno

Benzema faoliyatini "Lion"da yakunlashni orzu qilishi anchadan beri ma’lum. Shu bois, ko‘pchilik uni aynan mana shu jamoaga o‘tishi kutyapti. 

Biroq Sports Zone nashrining ma’lum qilishicha, 35 yoshli to‘purar faoliyatini PSJda davom ettirish imkoniga ega.

Benzemaga Parij klubi xo‘jayini Nasser Al-Xelaifiyning shaxsan o‘zi qiziqish bildiryapti va u tajribali o‘yinchini saudiyaliklardan olti oyga ijaraga olmoqchi.

Benzemaning “Al-Ittihod” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!