Benzemadan yana bir ajoyib natija

  • 29 avgust, 2022, 15:18
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

28 avgust, yakshanba kuni Ispaniya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan “Espanol” – “Real” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 3:1 hisobida madridliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Tecno

Karim Benzema 88-daqiqada va 90+8-daqiqalarda gol urib, dubl qayd etdi va jamoasiga g‘alaba taqdim etdi. Ayni paytda uning hisobida Ispaniya chempionati doirasida 222 ta gol bor. Hujumchi bu orqali La Liga tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Sezar Rodriges bilan tenglashib, 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Faqat Alfredo Di Stefano (227), Raul (228), Ugo Sanches (234), Telmo Sarra (251), Krishtianu Ronaldu (311) va Lionel Messi (472) Benzemadan ko‘proq gol kiritishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!