
Benzema uchta individual sovrinni qo‘lga kiritdi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema Ispaniya chempionatining o‘tgan mavsumi yakunida uchta individual sovrinni qo‘lga kiritdi.
Har yili "Marca" gazetasi tomonidan o‘tkaziladigan marosimda futbolchiga Pichichi kubogi (mavsumning eng yaxshi to‘purari), Di Stefano mukofoti (eng yaxshi futbolchi) va muxlislar tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrini topshirildi.
34 yoshli frantsiyalik hujumchi o‘tgan mavsumda madridliklarning barcha musobaqalar doirasidagi 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 44 ta gol va 15 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Fikrlar