Benzema: "Ronaldu bilan do‘stligimizni ko‘rsatish uchun rasm shart emas"

  • 15 yanvar, 2023, 18:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" hujumchisi Karim Benzema sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu bilan munosabatlari haqida gapirdi.

Tecno

Oldinroq portugaliyalik hujumchi Madrid klubining Ar-Riyoddagi mashg‘ulotlarida ishtirok etgandi. Uchrashuvda Ronaldu sobiq jamoadoshlari bilan suratga tushdi, biroq Benzema Krishtianu bilan suratga tushmadi.

"Do‘st ekanligimizni ko‘rsatish uchun bizga foto kerak emas. U kelganida vaqtim yo‘q edi. Biz Ronaldu bilan qalin do‘stmiz. Umid qilamanki, men uni keyinroq ko‘raman va u bilan gaplashaman", - dedi frantsiyalik hujumchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!