
Benzema "Real"ning eng yaxshi to‘purarlaridan biri
"Real" Madrid futbolchisi Karim Benzema kecha ajoyib natija qayd etdi. U jamoasining 3 ta goliga mualliflik qildi.
Bu gollar orqali Karim klubdagi umumiy gollari sonini 309 taga etkazib oldi. Shu tariqa, u Alfredo Di Stefano (308 gol)dan o‘tib, "Real"ning eng ko‘p gol urgan futbolchilari orasida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. U ayni payt faqat Raul (323 gol) va Ronaldu (450 gol)dan ortda qolyapti.
Shuningdek, 34 yoshli forvard chempionlar ligasida gol urish bo‘yicha afsonaviy Raul bilan tenglashib oldi. Ikki afsonaning hisobida 71 gol mavjud.
Bu ro‘yxatda ham Krishtianu Ronaldu etakchilik qilmoqda. U bu musobaqada 135 gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar