Benzema qaerda o‘ynashini aytdi!

  • 17 iyun, 2022, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning keyingi yillardagi to‘purariga aylanib qolgan Karim Benzema klubdagi kelajagi haqida gapirdi.

Tecno

- Men boshqa ligadagi klublardan biriga o‘tishim mumkinmi? Yo‘q, albatta. Men uchun “Real” jahondagi eng zo‘r klub, La Liga esa eng kuchli chempionat, - dedi Karim Benzema.

"Lion" klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Karim Benzema 2009 yildan beri madridliklar safida to‘p tepyapti. 34 yoshli hujumchining amaldagi shartnomasi kelasi yili yozda tugaydi.

Karim o‘tgan mavsumda 46 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 44 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 15 ta golli pas uzatdi. Benzema Frantsiya terma jamoasida 97 ta uchrashuvda 37 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!