Benzema PSJga qarshi o‘ynamoqchi. Biroq...

  • 14 fevral, 2022, 19:24
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzemaning PSJga qarshi o‘yinda ishtirok etishi hamon so‘roq ostida. 

34 yoshli frantsiyalik futbolchi ertangi o‘yinda maydonga tushmoqchi, biroq qarorni "qirollik klubi" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti chiqaradi. Qayd etish lozim, Karim jamoa bilan Parijga uchib keldi.

Mushaklardagi jarohati tufayli 23 yanvardan buyon maydonga tushmagan hujumchi kecha umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.

Bugun tunda "qaymoqranglilar "Park de Prens"da mashg‘ulot o‘tkazadi. Shundan so‘ng Benzemaning holati aniq bo‘ladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Benzema joriy mavsum umumiy 28 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol va 9 ta assist muallifiga aylandi. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!