Benzema Evropaga qaytadi. Yangi jamoasi nomi ma’lum

  • 3 yanvar, 2024, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karim Benzema  “Al-Ittihod” mashg‘ulotlariga qatnashmasdan, Madridga ketib qolgani ortidan mashhur hujumchining klub rahbariyati bilan chiqisha olmay qolgani haqida ma’lumotlar tarqatgandi.

Tecno

Keyinchalik klub vakillari hujumchi shaxsiy ishlari tufayli ruxsat olib, Jiddadan ketgani to‘g‘risida xabar berildi.

Todofichajes nashrining xabar berishicha, 35 yoshli futbolchi Saudiya Arabistonini tark etishi kutilyapti. Benzema o‘zini tarbiyalagan klub “Lion” safiga qaytmoqchiligi haqida axborotlar chiqa boshladi.

Manbalarga ko‘ra, Frantsiya klubi transfer bo‘yicha ish boshlagan.

Karimning o‘zi avval faoliyatini qadrdon jamoasi “Lion”da yakunlash niyatida ekanini bir necha marotaba aytgan edi.

Benzema o‘tgan yoz “Real” bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin erkin agent sifatida “Al-Ittihod”ga ko‘chib o‘tdi.

Yangi jamoa safida barcha turnirlarda 20 marotaba maydonga tushgan Benzema o‘z hisobiga 12 ta gol va beshta assist rasmiylashtirdi.

Benzemaning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha tuzilgan. Transfermarkt portali tajribali forvardni 25 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!