
Benzema "Espanol"ga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi
"Real" hujumchisi Karim Benzema Ispaniya chempionati doirasida "Espanol"ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi. Joriy mavsumda muntazam ravishda jismoniy muammolarga duch kelayotgan 35 yoshli futbolchi ketma-ket ikkinchi kun mashg‘ulotlarda qatnashmayapti, deb xabar beradi "Marca" nashri.
Manbaning xabariga ko‘ra, Benzema kelasi hafta Chempionlar ligasidagi "Liverpul"ga qarshi va Ispaniya chempionatida "Barselona"ga qarshi o‘yinlarda yaxshi holatda bo‘ladi.
2022/2023 yilgi mavsumda frantsiyalik hujumchi "qirollik klubi" safida 27 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urdi va 5 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, "Real" – "Espanol" uchrashuvi 11 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar