
Benzema: Buni ko‘plab buyuk futbolchilar boshidan kechirgan
Frantsiyalik hujumchi Karim Benzema Millatlar ligasi doirasidagi Avstriyaga qarshi o‘yindan (1:1) keyin Antuan Grizmann haqida gapirdi. Hujumchi so‘nggi 6 o‘yindan beri terma jamoa safida gol ura olmayapti.
- Men bu terma jamoaga kimnidir muhokama qilish yoki uning o‘yinini baholash uchun kelganim yo‘q. Kim gol urishidan qat’i nazar, barchamiz Frantsiya uchun harakat qilamiz. Muhimi, Antuan ishlashda davom etmoqda va qaysidir o‘yinda, albatta, gol uradi degan umiddaman. Garchi u gol urmasa-da, juda ko‘p ishlaydi, jamoaga yordam beradi. Hozirda unga omad etishmayapti. Buni barcha ko‘plab futbolchilar boshidan kechirgan: Zidan, Ronaldo, Krishtianu Ronaldu. U, albatta, avvalgi darajasiga qaytadi, - deya Benzemaning so‘zlarini keltirmoqda “L'Equipe”.
Ma’lumot o‘rnida, Millatlar ligasi 3-turidan so‘ng Frantsiya terma jamoasi 2 ochko jamg‘arib, guruhda oxirgi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar