Benites tez orada "Nyukasl" bilan shartnomasini uzaytiradi

  • 3 may, 2019, 22:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" klubi bosh murabbiyi Rafael Benites jamoa rahbariyati bilan shartnomani uzaytirish masalasida muzokaralarni boshlaganini aytdi.

Tecno

“Joriy hafta Li Charnli (klub boshqaruv direktori) bilan gaplashdim. O‘rtamizda yangilik bo‘lsa, biz albatta bu haqda sizlarga e’lon qilamiz.

Men ijobiy kayfiyatdaman. Men klub rivojlanishini va munosib o‘rinni egallashini xohoayman”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, 59 yoshli Benitesning “qarg‘alar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar imzolangan. Uning boshqaruvidagi jamoa ayni damda APL musobaqa jadvalida 42 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!