Bellingem Zidanga etishiga ancha borligini tan oldi

  • 31 oktabr, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Real” yarim himoyachisi Jud Bellingem France Football nashri tomonidan tashkil etilgan Kopa Trophy sovrinini qo‘lga kiritganidan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

Bu sovrin yilning eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladi.

- Men bu sovrin uchun hammaga minnatdorligimni bildiraman. “Real”da Zidanni raqamini olish borasidagi fikrimni so‘rashyapti. Zidan amalga oshirgan va meni ilhomlantirayotgan ishlarga etishishim uchun hali uzoq yo‘llarni bosib o‘tishimga to‘g‘ri keladi, - dedi Jud Bellingem.

Angliyalik futbolchi professional sifatida Dortmundning “Borussiya” jamoasi porladi. “Real” 20 yoshli yarim himoyachini o‘tgan yoz 103 million evroga xarid qildi va y bilan 2029 yilning yozigacha shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!