
Bellingem “Real”ga norozilik bildira boshladi
O‘tgan mavsum “Real”ning haqiqiy etakchisi bo‘lgan va jamoaning Ispaniya chempionati hamda Evropa Chempionlar ligasidagi g‘alabalariga katta hissa qo‘shgan Jud Bellingem murakkab davrni boshdan o‘tkazmoqda.
Jamoaga Kilian Mbappe kelishi bilan bosh murabbiy Karlo Anchelotti angliyalik futbolchini boshqa pozitsiyaga o‘tkazgan edi.
Bu holat Bellingemning e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Hujumkor o‘yin ko‘rsatishga ko‘nikkan futbolchi endi ko‘proq himoyalanishiga to‘g‘ri kelyapti. O‘z navbatida, Mbappening o‘yinlar davomida ortga qaytmayotgani Jud Bellingemga ortiqcha yuklama bo‘lmoqda.
Marca nashrining ma’lum qilishicha, Bellingam maydon markazida o‘ynab, o‘zining eng yaxshi sifatlarini namoyish qila olmayotganidan asabiylashmoqda. Jud o‘tgan mavsumda raqib darvozasiga yaqin hududlarda o‘ynab, yuqori samaradorlik qayd etgan edi.
Fikrlar