
Bellingem Messi nima sababdan 8 ta "Oltin to‘p" yutganini aytdi
Jud Bellingem Messining "Oltin to‘p" olgani haqida fikr bildirdi.
Argentinalik hujumchi karerasigi sakkizinchi "Oltin to‘p"ini qo‘lga kiritdi. Marosim dushanba kuni Parijda bo‘lib o‘tdi.
"U betakror futbolchi. Aynan shu uchun Leo sakkiz marotaba mazkur sovringa loyiq topilgan. Hech qanday shubhasiz Messi - tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri.
Uning nafaqat jahon chempionatida, balki, umuman qilgan ishlarini inobatga olsak, Leoning darajasi aqlbovar qilmas", - dedi "Real" xavbeki.
Fikrlar