Bellingem 3 ta klubdan kelgan taklifni rad qildi

  • 12 aprel, 2023, 18:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya" futbolchisi Jud Bellingem yozning eng katta transferlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. Uni bir qancha top klublar o‘z tarkibida ko‘rishni istaydi. Shuningdek, yarim himoyachi ham mavsum so‘nggida jamoasini tark etishga tayyor. Dortmundliklar angliyalik futbolchi uchun 130 million evro istayapti. Bu shart "Liverplu"ning kurashdan chiqib ketishiga sabab bo‘ldi. 

Tecno

"Bild" nashri xabar berishicha, Bellingem 3 ta klubdan kelgan taklifni rad qildi. 19 yoshli yarim himoyachi PSJ, "Chelsi" va "Manchester Siti"ga o‘tishni istamaydi. U maoshi baland bo‘lishini emas, balki kelajakda yuqori darajada o‘ynashini xohlaydi. 

Bellingem uchun kurashda "Real" favoritga aylandi. Madridliklar mazkur transferni amalga oshirishiga ishonadi va tez orada Germaniya klubiga taklif bilan chiqadi. Shu bilan birgalikda, "Manchester Yunayted" ham futbolchini sotib olmoqchi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!