Bellator prezidenti Emelyanenko va UFC sobiq chempioni o‘rtasidagi jangni tashkillashtirmoqchi

  • 29 dekabr, 2019, 14:22
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Bellatorning og‘ir vazn toifasida jang qiluvchi Fyodor Emelyanenkoning navbatdagi raqibi UFCning sobiq chempioni Josh Barnett bo‘lishi mumkin. Bu haqida Bellator prezidenti Skott Koker xabar bermoqda.

Tecno

"Fyodorning navbatdagi raqibimi? Barnett jarohat olgan. Ammo men ushbu ikki sportchi o‘rtasidagi jangni tashkil etishni istardim!

Agarda, Fyodor va Josh bunga tayyor bo‘lishsa, amalga oshiramiz," - dedi Koker.

Eslatib o‘tamiz, barnett o‘zining so‘nggi jangini 2016 yilning sentyabrida o‘tkazgan. Unga ko‘ra, Andrey Orlovski ustidan g‘alabaga erishgandi.

Shu qatorda, Barnett Bellator 235 doirasida Ronni Markesga qarshi oktagonga ko‘tarilishi kerak edi, biroq jarohati tufayli ushbu jang bo‘lib o‘tmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!