
Belgiya terma jamoasi qanday murabbiy qidirayotganini e’lon qildi
Belgiya qirollik futbol associaciyasi (RBFA) terma jamoa bosh murabbiyligiga yangi nomzod izlash boshlanganini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, Belgiya terma jamoasi JCh-2022da hatto pley-off bosqichiga ham chiqa olmadi va Roberto Martines terma jamoa bosh murabbiyligi lavozimini tark etdi.
“Belgiya qirollik futbol associaciyasi terma jamoa uchun g‘alaba qozonishni biladigan murabbiy qidirmoqda. U nihoyatda ambitsiyali, yuqori darajadagi zarur xalqaro tajribaga, taktik bilim va ko‘nikmalarga, to‘g‘ri shaxsiyatga ega bo‘lishi kerak.
Rezyumelar 2023 yil 10 yanvargacha qabul qilinadi”, — deyiladi RBFA xabarida.
Fikrlar