Belarus chempionati. "Energetik-BGU" amaldagi chempionni mag‘lub etdi

  • 16 may, 2020, 18:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Belarus chempionatida 9-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. Hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev hamda Shahboz Umarov to‘p suradigan “Energetik-BGU” klubi amaldagi chempion “Dinamo” Brest jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobidagi  g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tecno

Yaxshiboev odatdagidek maydonda 90 daqiqa faol harakat  qilgan bo‘lsa, Umarov 68-daqiqada zaxiraga olindi. Shu tariqa, "talabalar" hisobidagi ochkolar soni 18 taga etdi va turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Belarus chempionati. 9-tur

17:00 "Energetik-BGU" - "Dinamo" Brest 2:1

Gollar: Bakich (41), Yudchits (46) - Kislyak (90+4)

"Energetik-BGU": Lesko, Svirepa, Bakich (Girs  67), Yaxshiboev, Umarov (Sovpel 68), Nosko, Sokol, Mavatu, Tve, Yudchits, Shkurdyuk.

"Dinamo" Brest: Pavlyuchenko, Yuzepchuk, Kiki, Pavlovets, Veretilo, Kislyak, Bikov, Savitskiy, Krivets (Milevskiy 62), Gordeychuk (Pechenin 76), Sadovskiy (Laptev 63).

Ogohlantirishlar: Tve 19, Nosko 24, Matavu 29 - Yuzepchuk 76.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!