Belal Muhammad birinchi chempionlik himoyasiga tayyor. Uning raqibi kim bo‘ladi?

  • 11 oktabr, 2024, 15:34
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Belal Muhammad o‘zining birinchi chempionlik himoyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda  uning menejeri Ali Abdel-Aziz xabar qildi.

Tecno

"Belal dekabrda jang qilishga tayyor. Lekin UFC buni e’lon qilishi kerak. Bahs qachon va kimga qarshi o‘tkazilishini Dana Uayt tez orada ma’lum qiladi. Ehtimol Belalning raqibi Shavkat Rahmonov yoki Kamaru Usman  bo‘lar...Agar jang dekabr oyida bo‘lib o‘tadi, deb hisoblasak, Muhammadning 7 dekabr kuni "UFC  310"  musobaqasida oktagonga ko‘tarilish ehtimoli yuqori", - dedi Abdel-Aziz "MMA Fighting" ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 27 iyul kuni o‘tkazilgan "UFC 304" turnirida Belal Muhammad Leon Edvardsni engib, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!