Bekxem: "MYu Amorim so‘ragan futbolchilarni sotib olishi kerak"

  • 20 may, 15:17
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"sobiq futbolchisi  va "Inter Mayami" klubi egasi Devid Bekxem "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ruben Amorimni qo‘llab-quvvatladi.

Tecno

"Klub bosh murabbiyni qo‘llashda davom etishi shart. Rahbariyat Amorim xohlagan futbolchilarni jamoaga jalb etishi kerak. Bu gaplarim qanchalik haqiqatga to‘g‘ri kelishini bilmayman. Lekin, Rubenga kerakli futbolchilar klubga kelsa, natijalar ijobiy tomonga o‘zgarishini ko‘rasiz" - dedi angliyalik sobiq futbolchi The Athletic nashriga.

MYu portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida APLda 26 ta o‘yinda  6 ta g‘alaba, 6 ta durang va 14 ta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa, jamoa turnir jadvalida 16-o‘rinni band etishdi. 

21 may kuni "Manchester Yunayted" Evropa ligasi finalida "Tottenxem"ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!