Bekxem Messi va Ronalduni o‘z jamoasiga olib keladimi?

  • 28 fevral, 2021, 20:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Devid Bekxem o‘ziga tegishli bo‘lgan “Inter Mayami” klubiga Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning o‘tishi mumkinligi borasida o‘z fikrini bildirdi.

“Futbolchi birinchi navbatda jamoamizga to‘g‘ri kelishi kerak. U g‘alabaga chanqoq bo‘lishi lozim. Qaysi futbolchi bilan muloqotda bo‘lsak ham, uning motivatsiyasiga ishonch hosil qilamiz.

Albatta, biz jamoaga yaxshi futbolchilarni jalb qilmoqchimiz. Mayami - bu ajoyib joy va biz [Messi va Ronaldu singari] futbolchilarni jalb qilishga intilamiz”, - dedi Bekxem.

Eslatib o‘tamiz, “Inter Mayami” klubi o‘tgan mavsumdan boshlab MLSda ishtirok etib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!