
Bektemir Meliqo‘zievning navbatdagi jangi sanasi aniq bo‘ldi
Professional boksning super engil vazn toifasida (76,2 kg) faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev (10-1, 8KO) navbatdagi jangini 28 yanvar kuni Kaliforniya shtati, "YouTube Theatre" arenasida tashkil etiladigan boks oqshomida o‘tkazadi. Hozircha unga kim raqiblik qilishi ma’lum emas.
Golden Boy kompaniyasi tomonidan o‘tkaziladigan ushbu kechaning markaziy bahsida Aleksis Roxa (21-1, 13 KO) o‘ziga tegishli bo‘lgan NABO kamarini Entoni Yangga (24-2, 8KO) qarshi himoya qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Meliqo‘ziev so‘nggi jangini 2022 yil 6 avgust kuni Sladan Yanyaninga qarshi o‘tkazib, muddatidan oldin g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar