Bektemir Meliqo‘ziev o‘z jangini o‘tkazdi (video)
Bektemir Meliqo‘ziev biroz oldin Amerika Qo‘shma Shtatlarining Texas shtatida Gabriel Rosadoga qarshi jang o‘tkazdi.
Bahsning ilk raundida Bektemir tashabbusni qo‘lga oldi. Raund oxirida raqibini nokdaun holatiga ham tushira oldi.
Ikkinchi raundda biroz tenglik kuzatildi va jangchilar o‘zaro zarbalar almashdilar.
Uchinchi raundning dastlabki daqiqasida qarshi hujumda kuchli zarba o‘tkazib yuborgan Meliqo‘ziev jangni davom ettira olmadi va shu tariqa professional boksda 8-jangida ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Gabriel Rosado (26-13-1, 15KO) esa o‘zining 26-g‘alabasini nishonladi. U faoliyati davomida faqatgina Gennadiy Golovkin, Jermel Charlo, Deniel Jekobs kabi kuchli raqiblar bilan jangda imkonini boy bergan.



Fikrlar