Bektemir Meliqo‘ziev g‘alabaga erishdi va chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi

  • 14 dekabr, 2019, 11:42
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Amerika Qo‘shma Shtatlarida hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev mezbon Vaugin Aleksanderga qarshi 10-raunddan iborat bo‘lgan jang olib borib, g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tecno

To‘liq davom etgan jangda hakamlar bir ovozdan Meliqo‘zievning g‘alabasini qayd etishdi va ochkolar 100:90, 100:90 va 100:90 ko‘rinishida bo‘ldi.

Ushbu g‘alaba hamyurtimizga "WBA Continental Americas" chempionlik kamarini taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, Bungacha Bektemir Meliqo‘ziev 3 ta jang o‘tkazib, har uchchalasida ham nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!