
Bektemir Meliqo‘ziev profi boksdagi faoliyatini nokaut bilan boshladi
Mazkur jang kechasida hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev professional boksdagi debyut jangini o‘tkazdi. Unga argentinalik Martin Fidel Rios (23 g‘alaba, 20 mag‘lubiyat, 4 durang, 13 nokaut) raqiblik qildi.
Ushbu jangning ilk raundidayoq hamyurtimiz tajribali raqibini texnik nokautga uchratdi va profi boksdagi yurishini muvaffaqiyatli boshladi.
Fikrlar