“Bayer”ni chempion qilgan Xabi Alonso faqat bir jamoaga o‘tadi

  • 16 aprel, 2024, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesligada “Bavariya” gegemonligiga barham bergan “Bayer” muddatidan oldin chempionlikka erishdi.

Tecno

Leverkuzenliklarni engilmas jamoaga aylantirgan va klub tarixida birinchi bor chempion qilgan ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonsoning xaridorlari ko‘payib ketgani tabiiy hol.

Taniqli insayder Nikola Skiraning ma’lum qilishicha, Xabi Alonso “Bayer”dan faqatgina bir jamoaga o‘tishga qaror qilgan. Manbaga ko‘ra, ispan mutaxassisi 2025 yoki 2026 yili “Real” prezidenti Florentino Peres uni klubga taklif qilishini kutayotgan ekan.

Xabi Alonsoni boshqa takliflar qiziqtirmayapti. U o‘z maqsadi – “Real”ni boshqarish imkoniga ega bo‘lish uchun yaqinda  “Liverpul” va “Bavariya”dan bo‘lgan chorlovlarni rad etib, Leverkuzenda qolishini ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!