
"Bayer" narxni tushirmaydi
Leverkuzenning "Bayer" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Kay Xavertsni faqatgina 100 million evro evaziga qo‘yib yuboradi.
Kicker nashrining ma’lum qilishicha, moliyaviy inqiroz va futbolchining jamoadan ketishga bo‘lgan istagiga qaramay, “dorishunoslar” uning narxini tushirmoqchi emas.
Bundan tashqari, “Bayer”ning Xaverts borasidagi yana bir talabi shuki, futbolchi joriy mavsum Evropa ligasi yakunlanmagunicha hech qaerga ketmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Xavertsga asosan “Chelsi”dan jiddiy takliflar bo‘lmoqda.
Fikrlar