
"Bayer" Evropa ligasida rekord o‘rnatdi
Leverkuzenning "Bayer" klubi o‘z nomini Evropa ligasi tarixiga muhrlab qo‘ydi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra, “dorishunoslar” Evropa ligasining guruh bosqichidan o‘rin olgan 6 ta bahsida raqiblari darvozasiga jami 21 ta gol kiritdi. Bu Evropa ligasida ishtirok etgan nemis klublari uchun yangi rekord bo‘ldi.
"Bayer" bu borada "Verder" (2009/10) hamda "Ayntraxt" (2018/19) tomonidan o‘rnatilgan rekordlarni yangiladi. Ushbu ikki nemis klubi Evropa ligasi guruh bosqichining 6 ta turida jami 17 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar