Bayer "Bayer"ga o‘tishi mumkin

  • 30 iyul, 2024, 15:51
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" va "Aston Villa" Maksimilian Bayer uchun "Xoffenxaym"ga taklif bilan chiqishdi.

Tecno

Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, 21 yoshli hujumchi uchun Leverkuzenning "Bayer" va yana ikki Evropa klubi ham da’vogarlik qilmoqda.

Qayd etilishicha, Bayer hech qaysi jamoa bilan og‘zaki kelishuvga ega emas va u yaqin ikki hafta ichida bir qarorga keladi.

Futbolchining shartnomasida tovon puli 30 million evroni tashkil qiladi.

O‘tgan mavsum Bayer "Xoffenxaym" safida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!