
Baxromjon Fozilov: "Navbatdagi jangim Toshkentda titul uchun bo‘ladi"
Professional boksda muvaffaqiyatli odimlayotgan yurtdoshimiz Bahromjon Fozilov (8-1,8 KO) ayni kunlarda navbatdagi jangiga hozirlik ko‘rmoqda.
Biz ushbu charmqo‘lqop ustasi bilan bog‘lanib, kutilayotgan jangi borasidagi fikrlari bilan qiziqdik.
- Sizni "AFP 2" turnirida jang qilishingizni kutgan edik?
- To‘g‘risi, bu promouterlik kompaniyasi bilan bizni bog‘liqlik joyimiz yo‘q. Birinchisida taklif bo‘ldi, xursandchilik bilan jang qildik.
- Umuman navbatdagi jangingiz qachon?
- Iyun oyini oxiriga rejalashtirilgan.
- Qaerda bo‘ladi?
- Toshkentda Muhammadali Umarov promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil qilinadigan jang kechasida ringga ko‘tarilishim ko‘zda tutilgan.
- Bu jang qanday maqomda bo‘ladi? Ya’ni, reytingmi yoki biror mintaqaviy kamar uchunmi?
- Albatta, titul uchun bo‘ladi. Bunga tez orada oydinlik kiritiladi.
- Baribir professional bokschining yanada rivojlanishi uchun AQShdagi janglar va nufuzli promouterlik kompaniyalari zarur bo‘ladi?
- Albatta, navbatdagi janglarimizni AQShda o‘tkazamiz, deb umid qilamiz. Bu borada ishlar boshlab yuborilgan.
- So‘ngi vaqtlarda o‘zbek boksida piar qilish urfga aylandi. Siz bu borada qanday fikrdasiz?
- To‘g‘risi, hamma o‘z ishini qilgan maqul. Katta gapirib keyin jiddiy janglarda mag‘lubiyatga uchrasa, noqulay holatga tushadi. Biroq, bu meni shaxsiy fikrim. Ularga nisbatan xech qanday yomon niyatim yo‘q. Agar, ukalarimiz shuning ortidan foyda topsa, ko‘tarilib yulduzi darajasiga chiqa va yaxshi natijalar qayd etsa, omadlarini bersin!
Vaqt ajratganingiz uchun rahmat.Navbatdagi jangingizda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar