
"Bavariya"ning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
"Bavariya" hujumchisi Jamal Musiala o‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. Hujumchi muxlislarning 46 foiz ovozini oldi.
Jamal so‘nggi mavsumda myunxenliklar safida barcha turnirlarda 47ta o‘yinda qatnashib, 16ta gol va 13ta golga assistentlik qildi.
20 yoshli futbolchining nemis grandi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. "Transfermarkt" portali uning narxini 110 million evroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Bundesliganing yangi mavsumida Musiala bitta o‘yin o‘tkazdi.
Fikrlar