"Bavariya"ga rad javobi berildi

  • 3 iyul, 12:09
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" hujumchisi Luis Dias "Bavariya"dan tushgan taklifni rad etdi. Myunxenliklar sport direktori Maks Eberlga APL klubi o‘z xujumchisini sotmasligi va u bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara boshlashi xaqida ma’lum qilgan.

Tecno

28 yoshli forvard bir necha xafta avval "Barselona" bilan xam shunday xolatga duch kelgan ammo klub buni rad etgandi. "Qizillar" 2022 yilda kolumbiyalik futbolchini "Portu"dan xarid qilgandi va u bilan ko‘plab sovrinlar yutdi.

Dias jamoaning asosiy futbolchilaridan xisoblanadi va shu sababdan xam uni qo‘yib yuborish niyati yo‘q. Mersasaydliklar bilan shartnomasi tugushiga 2 yil qolgan Diasning xizmatlariga o‘tgan mavsumda "Manchester Siti" xamda Saudiya Arabistoni klublaridan xam takliflar bo‘lgandi.

Kolumbiya terma jamoasi xujumchisi o‘tgan mavsumda klub va terma jamoa tarkibida umumiy 22 gol urishga muaffaq bo‘ldi.

Ulug‘bek Hoshimov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!