
"Bavariya" yirik hisobda g‘alaba qozondi, Kanseludan assist
Germaniya kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Maynts" - "Bavariya" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda myunxenliklar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Gollarga Shupo-Moting, Musiala, Sane hamda Devis mualliflik qildi. Shuningdek, jamoaga yangi kelib qo‘shilgan Kanselu mazkur bellashuvda debyut qildi va bitta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Nagelsmann shogirdlari Germaniya kubogi chorak finaliga yo‘l oldi.
Fikrlar