"Bavariya" sobiq futbolchisi klub murabbiylar shtabiga kiradi

  • 15 aprel, 2020, 22:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi Miroslav Kloze "Bavariya" murabbiylar shtabiga kiradigan bo‘ldi.

Tecno

Nemis matbuotiga ko‘ra, myunxenliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o‘zining shtabiga yana bir mutahassis ehtiyojini sezdi va sobiq forvard bilan kelishuvga erishdi.

Ta’kidlanishicha, yaqin vaqtlar ichida klub sport ishlari bo‘yicha direktori Xasan Salixamidjich Kloze bilan shartnoma imzolashi kerak. U joriy yil yozidan asosiy jamoada faoliyatini boshlaydi.

Ayni vaqtda 41 yoshli mutahassis "Bavariya" yoshlar jamoasini boshqarmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!