
"Bavariya" Rodrigo bo‘yicha o‘z pozitsiyasini ma’lum qildi
"Real Madrid" hujumchisi Rodrigoning kelajagi hanuz noma’lum.
Braziliyalik futbolchi 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun muntazam o‘yin amaliyotiga muhtoj. Ammo Klublar o‘rtasidagi JChda Xabi Alonso uni asosiy rejalardan chetda qoldirdi.
Germaniya nashri "TZ"ning yozishicha, may oyida "Real" Rodrigoni "Bavariya"ga taklif qilgan. Biroq, myunxenliklar uning nomzodini faqat yuzaki muhokama qilishgan, chunki qaror qabul qiluvchi shaxslarning barchasi bunga ishonch bildirmagan.
Shundan beri vaziyat o‘zgarmagan va hozircha "Bavariya" Rodrigoni olish niyatida emas. Transfermarkt portaliga ko‘ra, uning bahosi — 90 million evro.
Ma’lumot o‘rnida, 24 yoshli vinger "qirollik klubi"ga kelib qo‘shilgandan buyon 270 ta uchrashuvda ishtirok etib, 68 ta gol urdi va 51 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga ulgurgan.
Fikrlar