"Bavariya" ojiz nuqtasini zo‘r futbolchi bilan kuchaytirmoqchi

  • 16 dekabr, 2021, 00:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" himoyachisi Matteys de Ligt faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Fijaches" nashri yozmoqda. 

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchi xizmatiga "Bavariya" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Myunxenliklar yozda De Ligtni xarid qilishga urinib ko‘radi. 

Matteysning "keksa sinoralar" bilan amaldagi kelishuvi 2024 yilgacha mo‘ljallangan. Himoyachi joriy mavsum A Seriya doirasida 13ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ygan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!