
"Bavariya" MYu posboniga "ko‘z tikkan"
"Goal.com" nashrining xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" posboni David De Xea "Bavariya"ning asosiy maqsadiga aylangan. Nemis klubi jarohatlangan Manuel Noyerning o‘rnini bosishi mumkin darvozabon sifatida ispaniyalik nomzodini ilgari surmoqda.
De Xeaning amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyida tugaydi va "qizil iblislar" uning haftasiga 375 ming funt sterling turadigan ulkan shartnomasini uzaytirishi dargumon.
Eslatib o‘tamiz, Noyer 2022 yilgi jahon chempionatidan so‘ng ta’tilda chang‘i uchayotgan vaqtida oyog‘ini sindirib olgandi.
Fikrlar