
"Bavariya" "Liverpul"ni rozi qilmoqchi
"Bavariya" klubi rahbariyati senegallik hujumchi Sadio Manening transferi bo‘yicha "Liverpul"ga o‘zining moliyaviy taklifni yaxshilashga tayyor.
Sky Sport Germany xabariga ko‘ra, yangi taklif bo‘yicha myunxenliklar Mane uchun APL grandiga 35 million evro to‘lashi mumkin.
Manbaning aniqlik kiritishicha, tomonlar tovon puli borasidagi kelishmovchiliklar tufayli futbolchining transferi borasida kelisha olmayapti. Aytish kerakki, bungacha "Bavariya" Mane uchun “Liverpul”ga bonuslar bilan birga 29 mln evro taklif qilgan edi.
30 yoshli Mane o‘tgan mavsumda "Liverpul" safida barcha turnirlarda jami 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar